AsosiyJamiyat

Yunusobodda quduq ichidan erkak kishining jasadi topildi

'Yunusobodda quduq ichidan erkak kishining jasadi topildi'ning rasmi

Joriy yilning 19 dekabr soat 13:45larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko`chasi 5-uyning orqa tomonidagi quduq ichidan 55-60 yoshlardagi noma`lum erkak kishining jasadi topilgan. Tashqi ko`rinishidan jasadga jarohat etkazilmagan.

Sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan jasad kimga tegishli ekanligini, marhumning shaxsini aniqlash choralari ko`rilmoqda.

Surishtiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar