1

Endi jinoyat qurbonlari va jabrlanuvchilariga yangi tizimdagi pensiya to`lanadi

Jamiyat 23.12.2019, 12:44
Endi jinoyat qurbonlari va jabrlanuvchilariga yangi tizimdagi pensiya to`lanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat prosessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta`minlash tartibi to`g`risida nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Unda belgilanishicha, himoya qilinuvchi shaxs jinoyat prosessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo`lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo`lgan (vafot etgan) shaxsning oila a`zolariga va uning qaramog`ida bo`lgan shaxslarga himoya qilishni ta`minlash to`g`risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan bir yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi hamda boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat prosessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati etkazilgan yoki uning sog`lig`iga boshqacha ziyon etkazilgan taqdirda, unga himoya qilishni ta`minlash to`g`risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan bir yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi va nogironlik pensiyasi tayinlanadi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat prosessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati etkazilgan yoki uning sog`lig`iga boshqacha ziyon etkazilgan taqdirda, unga himoya qilishni ta`minlash to`g`risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan bir yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi.

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat prosessida ishtirok etganligi munosabati bilan halok bo`lgan (vafot etgan) taqdirda, agar uning oila a`zolari va uning qaramog`ida bo`lgan shaxslar turli bir yo`la beriladigan nafaqalar olish huquqiga ega bo`lsa, bir yo`la beriladigan nafaqalardan bittasi ularga o`z tanloviga ko`ra tayinlanadi.

Tan jarohati etkazilgan yoki sog`lig`iga boshqacha ziyon etkazilgan taqdirda, bir vaqtning o`zida turli bir yo`la beriladigan nafaqalarni olish huquqiga ega bo`lgan himoya qilinuvchi shaxslarga o`z tanloviga ko`ra bir yo`la beriladigan nafaqalardan bittasi tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1