AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati otinoyilariga ilk marotaba guvohnoma topshirildi

'Toshkent viloyati otinoyilariga ilk marotaba guvohnoma topshirildi'ning rasmi

23 dekabr kuni malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o`tgan Toshkent viloyati otinoyilariga ilk bora guvohnomalar topshirildi. 

Ushbu tantanali marosim Toshkent viloyati “Ma`naviyat va ma`rifat markazi”ning majlislar zalida bo`lib o`tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita Xotin-qizlar bo`limi mudirasi F.Abdurahimova, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari I.Imomov, Toshkent viloyati targ`ibot guruhi rahbari S.Fayzieva, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o`rinbosari N.Mavlanov hamda otinoyilar ishtirok etishdi.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, otinoyilikka nomzodlar dastavval 6 ta davrada malaka oshirish o`quvlarida tahsil oldilar. Shundan so`ng maxsus hay`at tomonidan malaka imtihonlaridan o`tkazildilar va otinoyilik faoliyati bilan shug`ullanish imkonini beruvchi guvohnomalarni qo`lga kiritdilar.

Tadbirda otinoyilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish o`quvlari va malaka imtihonlari, otinoyilar faoliyatini tartibga solish, guvohnoma berish, ijtimoiy–ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, Respublika targ`ibot guruhi oldidagi vazifalar haqida, shuningdek, otinoyilarning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib boradigan ishlarini yanada takomillashtirish haqida fikrlar bildirildi.

Shundan so`ng, otinoyilarga guvohnoma topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Ularga sharafli va mas`uliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, xayrli istaklar bildirildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar