AsosiyJamiyat
6370

Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

'Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi'ning rasmi

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining orqa tomonida joylashgan eski ombordan o`quv qurol-yarog`lari topildi, deya xabar berdi Postda.

Muqaddam chaqiruvga yoshlarni tayyorlash fanida foydalanilgan bir dona piyodalarga qarshi o`quv minasi, bir dona o`quv qo`l granatasi, 43 dona zapal va 24 dona zapalning zarb igolkasi tuman IIBga olib ketilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar