AsosiyJinoyat

Kogonda yog` zavodini o`marganlar o`zlarining ishchilari bo`lib chiqdi

'Kogonda yog` zavodini o`marganlar o`zlarining ishchilari bo`lib chiqdi'ning rasmi

2019 yil 15 dekabr kuni soat 20:00 larda Kogon shahrida yashovchilar, 1995 yilda tug`ilgan M.S, 1985 yilda tug`ilgan B.N va 1987 yilda tug`ilgan X.A.lar bir gurux bo`lib, o`zaro oldindan jinoiy til biriktirib, Kogon shahar A.Temur ko`chasida joylashgan “Kogon yog` ekstraksiya zavodi” AJga devor ustidan oshib o`tish orqali g`ayriqonuniy ravishda kirishadi. Ular yog` mahsulotlari omboridan bir donasi 8.250 so`m bo`lgan 1.500 dona elim idishlarga qadoqlanib solingan, jami 22.275.000 so`mlik yog`larni o`g`irlab, voqea joyidan yashiringanlar.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar qo`lga olingan. Buxoro IIBning ma`lum qilishicha, ular shu zavodning o`zida ishlovchi “shovvozlar” bo`lib chiqqan va 1500 dona yog`ni oldindan tayyorlab qo`yilgan devor teshigi orqali tashqariga chiqarib, “Jiguli” avtomashinasida olib ketishgan. O`g`irlangan jami yog` mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v.g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar