AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk kulinar ensiklopediyaning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi

'O`zbekistonda ilk kulinar ensiklopediyaning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

23 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida «Lazzatli O`zbekiston» kulinar ensiklopediyasining taqdimot marosimi o`tkazildi.

Ushbu loyiha Prezidentimizning 2019 yil 5 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi» Farmoni hamda 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarori ijrosi doirasida O`zbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo`mitasi tomonidan turizm sohasidagi jamoat tashkilotlarini institusional qo`llab quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag`lar doirasida, O`zbekiston Oshpazlar uyushmasi va O`zbekiston Gastronomik Turizmi assosiasiyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Uch tilli ensiklopediyaning birinchi tiraji kulinariya sohasi vakillari, turizm va oshpazlik yo`nalishida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar hamda talabalar e`tiborini qozonib, katta qiziqish uyg`otdi.

Eslatib o`tishimiz joizki, mazkur kitob shu yilning 6-8 noyabr kunlari Xalqaro Kulinar Chempionati doirasida Xorijlik mehmonlarga taqdim etilib, dunyoning 20 ta davlatidan tashrif buyurgan 200 dan ortiq mutaxassislar tomonidan yuqori darajadagi e`tirofga sazovor bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar