AsosiyJamiyat

Olmazor tumanidagi 314-saylov uchastkasida o`tkazilgan saylov haqiqiy emas deb topildi — MSK

'Olmazor tumanidagi 314-saylov uchastkasida o`tkazilgan saylov haqiqiy emas deb topildi — MSK'ning rasmi

2019 yil 22-dekabr kuni Toshkent shahr Olmazor tumani “314-saylov uchastkasi”da saylovchilar tomonidan bir necha saylov byulletenini saylov quttisiga tashlashga harakat qilish holati tasvirga olingan videolavha” ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Olmazor tumanidagi “314-saylov uchastkasi” O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi “142-Qoraqamish” saylov okrugi tarkibiga kirishi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi “142-Qoraqamish” okrug saylov komissiyasi tonidan o`rganish o`tkazilib, natijasiga ko`ra hujjatlar Olmazor tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Shuningdek, “142-Qoraqamish” saylov okrugi hududidagi “314-saylov uchastkasi”da o`tkazilgan ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan hamda saylov okrugi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovining natijalarini chiqarishda mazkur saylov uchastkasi natijalari chiqarib tashlangan holda boshqa saylov uchastkalari bo`yicha natijalar umumlashtirilgan, deyiladi MSK rasmiy bayonotida.

    Boshqa yangiliklar