“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” O`zbekiston-Rossiya qo`shma korxonasi tashkil etildi.
✅ 2023 yil 1 yanvarga qadar:
👉 O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to`lovlari (QQS va bojxona yig`imidan tashqari) to`lashdan;
👉 agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lashdan ozod etildi.
Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo`yicha yo`l xaritasi tasdiqlandi.






