AsosiyJamiyat

Fuqarolarni qachongacha hokimlik vakillari sarson qiladi?

'Fuqarolarni qachongacha hokimlik vakillari sarson qiladi?'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tadbirkorlik sub`ektlari hamda fuqarolar bilan o`tkazilgan sayyor qabulida Qamashi tumanida yashovchi fuqaro X. Xusanova Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qaroriga zid ravishda u tomonidan tegishli to`lovlar to`liq amalga oshirilgan bo`lsada, 6 oydan ortiq muddat o`tganligiga qaramasdan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish to`g`risidagi qaror taqdim etilmayotganligi va uning oqibatida kadastr hujjati rasmiylashtirilmayotganligini ma`lum qilgan.

Dastlabki o`rganish natijasida shu kabi muammolar Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi jami 44 nafar fuqarolarda mavjudligi aniqlangan. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 23-bandiga asosan tuman (shahar) hokimining komissiya ishchi organi tomonidan tayyorlangan qarori loyihasi 2 ish kuni mobaynida qabul qilinishi belgilangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ko`rilgan choralar natijasida ushbu 44 nafar fuqarolarga qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish to`g`risidagi Qamashi tumani hokimligining tegishli qarorlari 2 kun ichida qabul qilinishi hamda Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi Qamashi tuman filiali tomonidan turar joy ob`ektlarga 4 kun mudatta kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib berilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar