AsosiyJamiyat

Samarqandda viloyat xalq ta`limi xodimlarining ilk videoselektori o`tkazilmoqda

'Samarqandda viloyat xalq ta`limi xodimlarining ilk videoselektori o`tkazilmoqda'ning rasmi

Samarqand viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazidashahar va tumanlardagi umumta`lim muassasalarining direktorlari, xalq ta`limi bo`limlarining mas`ul xodimlari ishtirokida viloyat xalq ta`limi boshqarmasining ilk videoselektori bo`lib o`tmoqda. 

Videoselektor sohada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, pedagog xodimlarga qo`yilayotgan talablarning barcha umumta`lim maktablarga etib borishini ta`minlash, muammolarni tizimli ravishda, tezkor hal etish, muassasalar direktorlarining mas`uliyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Unda umumta`lim maktablarining ikkinchi toifaga talabgor o`qituvchilarining attestasiyaga tayyorgarlik ko`rishi, dastlabki natijalar tanqidiy tahlil etilmoqda. O`quvchilarning qishgi ta`tilini samarali va mazmunli tashkil etish, umumta`lim fanlari bo`yicha o`quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash, ta`lim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar