Jahon sog`liqni saqlash tashklotiga ko`ra, O`zbekiston havo ifloslanishi bilan bog`liq o`lim holati bo`yicha dunyoda uchinchi o`rinni egallaydi, deya xabar beradi “Ekologuz”.
Toshkentdagi havo sifati ba`zi qo`shni mamlakatlardagidan ko`ra yaxshiroqdir va taxminan olti oy mobaynida, ayniqsa bahor va yoz oylarida u «yaxshi» dan «mo``tadil» toifalar oralig`ida turadi, bu insonga juda kam yoki hech qanday xavf tug`dirmaydi.
Biroq, qishki oylarda, ayniqsa noyabr va dekabr oylarida, havo sifati «zaif qatlamlar uchun nosog`lom» va «nosog`lom» oralig`ida bo`lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, barchamiz bu vaqt davomida ochiq havoda mashg`ulotlar, ayniqsa og`ir jismoniy mashqlarning mumkin bo`lgan nojo`ya oqibatlarini hisobga olishimiz kerak. Havoning sifati kun paytiga qarab o`zgarib turishi mumkin, xususan havo sifati ertalabki soatlarda eng yomon bo`lishga moyil.
Toshkentdagi havo sifati bir qator omillarga bog`liq,biroq har kuni biz ko`radigan transport,sanoat, energiya ishlab chiqarish va uyni isitish hollari havoning ifloslanishiga o`z hissasini qo`shadi. Ushbu sabablarni tushunish bizga ushbu muammoni hal qilish usullarini aniqlashga yordam beradi.
Havoning sifati hayotimizning boshqa sohalariga ham ta`sir qilishi mumkin. Havoning ifloslanishi hayvonlar, ekinlar,o`simliklar va binolarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Misol uchun, o`simliklarning o`sishi va qishloq xo`jaligining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, havo ifloslanishi global o`simlik mahsulotlarini 2000 yilda yiliga 11-18 milliard dollar miqdorida kamayishiga sabab bo`lgan 2030 yilga borib ushbu ko`rsatkich 17-35 milliard dollarga etishi kutilmoqda.
Qishloq xo`jaligi O`zbekistondagi aholining 34 foizini ish bilan ta`minlaydi va YaIMning 17 foizini tashkil qiladi, shuning uchun bu sohada havo sifati va uning ta`sirini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.






