AsosiyJamiyat

Bloger fosh etgan Sergelidagi saylov nayranglari o`z tasdig`ini topdi

'Bloger fosh etgan Sergelidagi saylov nayranglari o`z tasdig`ini topdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, avvalroq, bloger Nozim Safari 22 dekabr kuni bo`lib o`tgan saylovda Sergeli tumanidagi uchastkalarida noqonuniy harakatlar amalga oshirilgani bo`yicha qator videofakt va xabarlar e`lon qilgan edi.

Shunga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan 22 dekabr kuni soat 22.00 larda “Telegram” tarmog`ida tarqalgan Sergeli tumanidagi saylov uchastkasida sodir qilingan qonun buzilish holatlari akst etgan mazkur videolavha tekshirildi va natijalar "darakchi.uz"ga taqdim etildi.

Tekshirishda, saylov uchastkasida saylov natijalari bo`yicha ovozlarni sanoqdan o`tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoniga nomzodlarning ishonchli vakillari va kuzatuvchilar kiritilmasdan, sanoqdan o`tkazish alohida xonada amalga oshirilganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 23.12.2019 yilda Jinoyat kodeksining 146-moddasi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar