AsosiyJamiyat

Quychirchiqda 51yoshli erkak ulfatlashib o`tirgan “stakandosh”ini pichoqladi

'Quychirchiqda 51yoshli erkak ulfatlashib o`tirgan “stakandosh”ini pichoqladi'ning rasmi

2019 yil 21 dekabr kuni soat 13:30 da 51 yoshli A.A. tanishi O.G. bilan birgalikda Quyichirchiq tumani Nurafshon shahar Istirohat ko`chasidagi oshxonalardan birida spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirishib, o`zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan janjal vaqtida, O.G. stol ustida turgan oshxona pichog`i bilan A.A.ning qorin qismiga tan jarohati etkazgan.

Oqibatda, A.A. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan qonga o`hshash dog`lari bo`lgan oshxona pichog`i tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Birlamchi tibbiy ma`lumotnomiga ko`ra, fuqaro A.A.ning “qorin qismida sanchilib kesilgan” jarohati mavjudligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro O.G.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan qo`zg`atilgan.  Tergov olib borilmoqda, deyiladi Tergov departamenti xabarida.  

    Boshqa yangiliklar