AsosiyJamiyat

BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi

'BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi'ning rasmi

“BMTning biometrik hujjatiga ega bo`lgan chet el fuqarolari uchun O`zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini engillashtirish to`g`risida” Prezident Farmoni  qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo`lgan chet el fuqarolari uchun O`zbekiston hududiga kirgan kundan e`tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Shuningdek, Farmonga ko`ra:

* BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo`lgan chet el fuqarolari uchun O`zbekistonga kirish vizalari O`zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;

* BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega bo`lgan va O`zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o`zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo`lmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) bo`lishi lozim.

    Boshqa yangiliklar