Xabaringiz bor, Rossiyadagi konda sodir bo`lgan yong`inda o`zbeklar ham halok bo`lgani xabar berilgan edi. TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning jasadlari O`zbekistonga qaytarilishi bo`yicha ma`lumot berdi.
Mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019 yil 8 dekabr kuni Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo`lgan yong`in oqibatida vafot etgan 3 nafar O`zbekiston fuqarolarining shaxsini aniqlash bilan bog`liq barcha prosessual jarayonlar, konsullik-huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlandi. Hamyurtlarimizning jasadlarini 24 dekabr kuni O`zbekistonga yuborish rejalashtirildi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...30.01.2023, 12:54
Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...