AsosiyJamiyat

Surxondaryoda isitish pechini yoqib uxlab qolgan mast erkak uyi bilan birga yonib ketib, vafot etdi

'Surxondaryoda isitish pechini yoqib uxlab qolgan mast erkak uyi bilan birga yonib ketib, vafot etdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashagan fuqaro M.Sh. joriy yilning 22 dekabr kuni tungi paytda uyiga mast holda keladi va elektr isitish pechini yoqib, uxlab qoladi. Buning oqibatida ilgichda turgan kiyim pech ustiga tushib, yong`in ro`y beradi.

Yong`in vaqtida uy egasi jiddiy kuyish jarohatini olib, voqea joyida dunyodan ko`z yumadi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, M.Sh. yuqori haroratli termik kuyish, butun tananing ko`p miqdorda kuyishidan vafot etgani aniqlangan, deyiladi Postda xabarida.

    Boshqa yangiliklar