Adliya vazirligining “Mulkdorlarga zarar etkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar etkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning mas`uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar ko`zda tutilgan.
Unda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining yangi 61-3-modda bilan to`ldirish rejalashtirilgan. Unga ko`ra er uchastkalarini olib qo`yish tartibini buzish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi belgilanmoqda.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar olib qo`yilayotgan er uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o`rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo`yicha oldindan va to`liq qoplamagan holda buzib tashlanishi oqibatida ko`p bo`lmagan miqdorda zarar etishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarimasolishga sabab bo`lishi ko`rsatib o`tilmoqda.
Shuningdek, er uchastkalarini olib qo`yish tartibini buzish harakatlari ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilsa, Jinoyat kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan yangi 173-1-moddada buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi belgilab qo`yilmoqda.
Modda sanksiyasida bazaviy hisoblash miqdorining200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlariyoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jazolar ko`rsatib o`tilgan.
Bundan tashqari moddada er uchastkalarini olib qo`yish tartibini buzish olib qo`yilayotgan er uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o`rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo`yicha oldindan va to`liq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab bo`lgan hollarda og`irroq javobgarlik va jazo choralari belgilanishi ko`zda tutilmoqda.
Mazkur holatda javobgarlik sanab o`tilgan harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin yoki mulkdorga ancha miqdorda zarar etkazilgan taqdirda kelib chiqadi.






