“Uzbekistan Airways” aviyakompaniyasining Airbus A320neo va Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida parvoz chog`ida internetdan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Yangi yil arafasida aviyakompaniya tomonidan parvozdagi internetdan foydalanish uchun 45 % gacha chegirmalar ajratildi.
Narxlar qanday?
- LITE paketi (20 MB) turli messenjerlardan foydalanish uchun tavsiya etiladi – 33363 so`m;
- MEDIUM paketi (50 MB) ijtimoiy tarmoq va turli saytlar uchun tavsiya etiladi – 71493 so`m;
- STREAM paketi (120 MB) engil internet selfing qilmoqchi bo`lganlar uchun tavsiya –etiladi – 161098 so`m;
- BUSINESS paketi (220 MB) barcha paketlar imkoniyatlarini o`z ichiga oladi – 275486 so`m.






