AsosiyJamiyat

Surxondaryoda beton to`siqdan sakrab o`tayotgan piyoda avtobus urib ketib, halok bo`ldi

'Surxondaryoda beton to`siqdan sakrab o`tayotgan piyoda avtobus urib ketib,  halok bo`ldi'ning rasmi

2019 yil 23 dekabr kuni soat 18:10 larda, Surxondaryo viloyati Angor tumani hududidan o`tuvchi M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 1427-km.da, YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Haydovchi — Sherobod tumanida yashovchi, 1960 yilda tug`ilgan S.F. o`ziga biriktirilgan “ISUZI” rusumli avtobusni boshqarayotib, yo`lni ikkiga ajratib turuvchi beton to`siq ustidan to`satdan sakrab o`tgan piyoda, Sherobod tumanida yashagan, 1960 yilda tug`ilgan O`.T.ni urib yuborgan. Natijada piyoda O`.T. voqea joyida halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar