AsosiyJamiyat

"Afrosiyob" poezdi bayram kunlarida qo`shimcha 4 ta reys bilan harakatlanadi

'"Afrosiyob" poezdi bayram kunlarida qo`shimcha 4 ta reys bilan harakatlanadi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ rasmiy sahifasida ma`lum qilinishicha:

"Fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Toshkent - Samarqand - Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan №764/763 - "Afrosiyob" poezdining qo`shimcha 4 ta reysi yo`lga qo`yiladi."  

Mazkur reyslar 2019 yil 30, 31 dekabr hamda 2020 yil 1, 2 yanvar kunlari amalga oshirilishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar