AsosiyDunyo

Bu yilgi tug`ilishlar soni rekord darajada kamaydi

'Bu yilgi tug`ilishlar soni rekord darajada kamaydi'ning rasmi

Yaponiyada 1899-yildan beri aholining tabiiy o`sish reytingi hisoblab kelinadi. Bu yilgi tug`ilishlar soni o`tgan yilgiga qaraganda  5, 9% ga kamaydi va 864.000 tani tashkil qildi.2019-yilda tug`ilgan chaqaloqlar soni 1899-yilda hisobga olish boshlangandan beri ilk marta 900 mingtadan tushib ketdi.  Kunchiqar yurtda o`tgan yili 918.400 ta chaqaloq tug`ilgandi.

Tug`ilishlar soni kamayib borayotgani iqtisodiyotga salbiy ta`sir qiladi. Chunki, mamlakatda qanchalik keksa yoshdagi aholi ko`paysa, ularni qo`llab-quvvatlashga shunchalik ko`p mablag` talab qilinadi. Bu esa o`z-o`zidan iqtisodiy o`sishga putur etkazadi. Yaponiya hukumati kelasi yili tug`ilishlar sonining 1. 8 foizga o`sishini umid qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar