Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to`lovidan ozod qilinadi.
👉 I va II guruh nogironlari;
👉 bolalikdan nogironlar;
👉 1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan – nogiron shaxslar;
👉 1941 – 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
👉 baynalmilalchi jangchilar;
👉 chin etimlar;
👉 yolg`iz pensionerlar;
👉 18 yoshgacha bo`lgan bolalar, shuningdek o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`quvchilari;
👉 chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko`ra mudofaa ishlari bo`limlarining yo`llanmalari bo`yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo`lgan chaqiriq yoshidagilar;
👉 “O`zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
👉 1 yoshgacha bolasi bo`lgan emizikli onalar.
Izoh: ushbu ro`yxat tibbiy yordam pulli asosda ko`rsatiladigan tibbiyot muassasalarining byudjetdan tashqari mablag`lari (o`z mablag`lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko`rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo`limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.






