AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik firibgar xorijlik tadbirkorni chuv tushirdi

'O`zbekistonlik firibgar xorijlik tadbirkorni chuv tushirdi'ning rasmi

2019 yil sentyabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug`ullanuvchi tadbirkor Qozog`iston Respublikasi fuqarosi 44 yoshli N.E. bilan 40 bosh qora mollarini har birini 6.500.000 so`mdan sotib olishga kelishdi. 

Pullarini 10-dekabr kuniga qadar bo`lib-bo`lib to`lab berishga va`da berib, N.E.ni aldab, 2019 yil 15 noyabr kuni 40 bosh qora mollarni Qozog`iston Respublikasidan o`zining uyiga olib kelib, 2019 yil 29 noyabr kuni soat 02:00da ushbu qora mollarni bozorda jami 220.000.000 so`mga sotib yuborib, pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo`yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko`p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo`yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar