AsosiyJamiyat

Lukashenko: «Vladimir Vladimirovich, siz Ukraina bilan gaz tranziti ustida janjallashishni boshlab, keyin nima qildingiz?»

'Lukashenko: «Vladimir Vladimirovich, siz Ukraina bilan gaz tranziti ustida janjallashishni boshlab, keyin nima qildingiz?»'ning rasmi

Belarusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, agar Rossiya «qora oltin» va «zangori yoqilg`i» uchun juda yuqori narx belgilab qo`yadigan bo`lsa, muqobil neft va gaz ta`minotini izlashi xaqida bayonot berdi, deya xorijiy OAVga asoslanib, xabar berdi Tarjumon.

“Agar menga: 152 dollar gaz narxi bo`lishi kerak, deyishsa, qanday qilib iqtisodiyotni tashkil qilish mumkin bo`ladi? Ahir, bunday bo`lishi mumkin emas … ”- dedi Belarusiya rahbari“ Exo Moskva ”radiostansiyasiga bergan intervyusida.

Belorusiya prezidenti bayonotiga ko`ra, Moskvadagilar agar Belorusiya Rossiya bozoridan chiqib ketadigan bo`lsa, uning mamlakati uchun neft va gaz narxi qimmatga tushishi haqida ogohlantirilganini aytdi.

«Va men bir misol keltirdim: sizlar Ukraina bilan gaz tranziti masalasida janjallashishni boshlab, keyin nima qildinglar? Aylanma yo`lni qurdinglar – ya`ni, Janubiy va Shimoliy yo`nalishni. Bu esa o`nlab milliard dollar deganidir. Shuning uchun, keyinchalik nima bo`lishi hali ham noma`lum. Ammo sizlar tupurdingizda, shu ishni qilishda davom etdingiz. Men ham xuddi shunday qilaman, Vladimir Vladimirovich. Men muqobil yo`nalish qidiraman. Buni esa baribir izlashimiz kerak. Va men buni Rossiya rahbariyatidan yashirmayman” dedi Aleksandr Lukashenko.

Xususan, Belorusiya prezidenti Polsha orqali Saudiya yoki Amerika neftini sotib olishi va «quvurlardan teskari tomonga olib kirishi» mumkinligiga ishora qilgan.

Shuningdek, u Belorusiya hozirgi vaqtda Rossiya gazining Germaniya va Italiyadan keyin uchinchi yirik iste`molchisi ekanligiga e`tibor qaratdi va Moskva uchun bunday savdo bozorini yo`qotishni istalmasligi xaqida ta`kidlab o`tgan.

Eslatib o`tamiz, Aleksandr Lukashenko bir necha bor Rossiya gazini «Smolensk narxida» sotib olish istagini bildirgan va bu narx faqat Belorussiya chegarasigacha  transportirovka xarajatlari tufayli oshishiga olib kelgan.

    Boshqa yangiliklar