Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 25 dekabrga o`tar kechasi Irkutsk viloyatining Zalari aholi punktida joylashgan yotoqxonada sodir bo`lgan yong`in oqibatida O`zbekiston fuqarolari H.N. va O.S. ning halok bo`lganligi to`g`risida OAVda tarqalgan ma`lumotni tasdiqladi.
Hodisa joyidan 13 kishi evakuasiya qilinib, ularning ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan, to`rt kishiga tibbiy yordam ko`rsatilgan va ular ambulator davolanishda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Sibir federal okrugi va Irkutsk viloyati vakolatli organlari va tibbiyot muassasasi bilan muntazam aloqada bo`lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.
https://t.me/uzbekmfa






