AsosiyJamiyat

Jizzaxda ispektorlar e`tiborini tortgan mahalladagi shubhali hid jinoyatni oshkor qildi

'Jizzaxda ispektorlar e`tiborini tortgan mahalladagi shubhali hid jinoyatni oshkor qildi'ning rasmi

O`z hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Jizzax viloyati IIB Paxtakor tumani IIB profilaktika inspektori, katta leytenant U.Yusupov hamda uning jamoat tartibini saqlash bo`yicha yordamchisi J.Rashidovning e`tiborini uylardan biridan taralayotgan shubhali hid tortdi. Shu sabab ular xonadonni tekshirib ko`rishga qaror qildilar. Natijada turarjoy hovlisidan tovada qovurilgan giyohvandlik vositasi topildi.

Shuningdek, uy egasi molxonasida maydalangan marixuana barglarini polietilen qopda saqlab kelayotgani aniqlandi. O`tkazilgan ekspertiza qopdagi giyohvandlik vositasining og`irligi 1 kilogramm 159 grammni, tovadagisi esa 307,2 grammni tashkil qilishini ko`rsatdi.

Ayni vaqtda giyohvand moddalar ishqibozi bo`lgan, Paxtakor tumanida yashovchi M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deya xabar berdi Postda.

    Boshqa yangiliklar