Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya o`rmonzorlari barpo etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” barpo etish davom ettiriladi.
Shunga ko`ra, 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi.
“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun, jumladan:
- o`rmon xo`jaliklaridan qo`shimcha 1000 nafar xodim jalb etiladi;
- ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta`minlanadi;
- cho`l o`simliklari urug`lari zaxirasini jamg`arish va ekish uchun uzluksiz etkazib beriladi;
- aviasiya, aloqa va boshqa xizmatlar jalb etiladi.
Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ga ko`ra, 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etiladi.
Mo`ynoq shahrini ko`kalamzorlashtirish uchun mos bo`lgan daraxt ko`chatlarini etishtirish maqsadida Mo`ynoq davlat o`rmon xo`jaligida 20 gektar maydonda ko`chatxona tashkil etiladi.






