AsosiyDunyo

Pekinda O`zbekiston madaniyati kuni bo`lib o`tdi

'Pekinda O`zbekiston madaniyati kuni bo`lib o`tdi'ning rasmi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida O`zbekiston madaniyati kuniga bag`ishlab “Buyuk ipak yo`li durdonasiga sayohat” nomli tantanali kecha bo`lib o`tdi. Bu haqda “Kazinform" xabar qildi.

Tadbir Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar o`rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, ular urf-odatlari va an`analarini keng targ`ib qilishga qaratilgan “ShHT umumiy uyimiz” loyihasi doirasida tashkil etildi.

ShHT Bosh Kotibi Vladimir Norov tadbir ochilishida Xitoydan Evropagacha, Afrika mamlakatlaridan Hindistongacha bo`lgan masofani qamrab olgan keng ko`lamli savdo va madaniy aloqa yo`li – Buyuk Ipak yo`li Markaziy Osiyo orqali o`tgan”, deb ta`kidladi.

Shuningdek, V.Norov tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasidagi sivilizasiyalararo muloqotni rivojlantirishda “ShHTning sakkiz mo``jizasi” loyihasi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ham so`zga chiqdi.U Buyuk ipak yo`li ShHTga a`zo mamlakatlar xalqlariga nafaqat moddiy boyliklar, balki insoniyatni taraqqiyot sari etaklagan ulkan gumanistik an`analarni ham qoldirganini qayd etdi. 

Tadbir doirasida poytaxt aholisi va mehmonlar YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan tarixiy markaz –qadim Buxoro yodgorliklariga oid ma`lumotlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, Buxoro shahri ijodiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi va amaliy san`at ko`rgazmasi tashkil etildi. Anjuman ishtirokchilari o`zbek milliy oshxonasi taomlaridan bahramand bo`ldi.

Tantanali tadbirda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston va Afg`onistonning ushbu mamlakatdagi elchilari ham ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar