1

Senat Raisi xotin-qizlar o`rtasida sportni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun taqdirlandi

Jamiyat 26.12.2019, 21:03
Senat Raisi xotin-qizlar o`rtasida sportni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun taqdirlandi

2019 yil 26 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Milliy olimpiya qo`mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda o`tkazilgan  “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Senat Raisi o`z nutqida ta`kidlaganidek, ayni paytgacha kelgusi yil bo`lib o`tadigan “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga jami 32 lisenziya qo`lga kiritildi. Shulardan 17 tasi Olimpiya, 15 tasi Paralimpiya o`yinlariga to`g`ri kelmoqda. 2020 yilda Tokio-2020 Olimpiadasiga qo`lga kiritiladigan lisenziyalarimiz soni yanada ortib, muhtaram Prezidentimiz va o`zbek xalqini xursand qiladigan yangi g`alabalar ko`payishiga tilak bildirildi.

Milliy olimpiya qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Tokio Olimpiadasiga olib borayotgan tayyorgarlik ishlari, yurtimizda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish borasidagi sa`yi-harakatlari olib borilayotganligi ta`kidlab o`tildi. Davlatimizning bunday e`tibori sportchilarimiz uchun kirib kelayotgan 2020 Olimpiya yili oldidan katta turtki ekanligi aytildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaevaga xotin-qizlar o`rtasida sportni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun Milliy olimpiya qo`mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining mukofoti topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1