1

UzAuto Motors yangi avtomobil narxlarini e`lon qildi

Jamiyat 27.12.2019, 09:29
UzAuto Motors yangi avtomobil narxlarini e`lon qildi

25 dekabr kuni Toshkentda SUV segmentiga mansub  Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox yangi avtomobillarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Yangi modellar premium sinfga mansub avtomobillarining segmentini to`ldirdi.

Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun shartnoma tuzish UzAuto Motors dilerlik markazlarida bugundan boshlanadi. Tahoe va Traverse modellariga shartnomalarni faqat Nurafshon Autocentre (Toshkent viloyati) avtosalonidan olish mumkin.

UzAuto Motors mahsulotlari savdosi amaliyotidan ma`lumki, yurtimizdagi iste`molchilar biznes-sinfiga mansub avtomobillarni xarid qilayotganda to`liq komplektasyani afzal ko`radi. Bunga dalil sifatida  - Malibu Turbo 2.0 LTZ hamda Tracker LTZ avtomobillarini keltirish mumkin.Shularni inobatga olgan holda Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari mahalliy bozorda faqat to`liq komplektasiyada taklif qilinadi.

Oddiyroq komplektasiyadagi avtomobilni xarid qilishni istaganlar dilerga buyurtma qoldirishi yoki info@uzautomotors.com yuborishi mumkin. Zarur miqdorda buyurtma yig`ilganidan so`ng kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga etkazadi.  

Avtomobil narxlari:

EQUINOX

Boshlang`ich narxi:  225 652 174 so`mdan  

Redline LT komplektasiyasi: 303 478 261 so`m

 

TRAILBLAZER

Boshlang`ich narxi:  264 347 826 so`mdan  

LTZ komplektasiyasi: 346 086 957 so`m

TRAVERSE

Boshlang`ich narxi: 404 173 913 so`mdan  

Premier komplektasiyasi: 518 260 870 so`m

TAHOE

Boshlang`ich narxi:  517 391 304 so`mdan  

Premier komplektasiyasi: 691 304 348 so`m

Avtomobillarning narxlari Qo`shimcha qiymat solig`isiz ko`rsatilgan, deyiladi kompaniya xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1