1

O`zbekiston keyingi 10 yillikda trenddagi sayohat manzillari reytingida

Jamiyat 27.12.2019, 09:38
O`zbekiston keyingi 10 yillikda trenddagi sayohat manzillari reytingida

25 dekabr kuni “Ynet” internet-nashri turizm mavzusidagi so`rovnoma natijasini e`lon qildi. So`rovnoma turizm sohasidagi kelasi 10 yillik tendensiyalarini aniqlash uchun 25 professional sayohatchi-bloger o`rtasida tashkil etildi.

O`zbekiston haqidagi materiallar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan info-turda ishtirok etgan bloger Yanina Zlaslavskiy Afekning foto va maqolasi asosida tayyorlandi. Bu kabi ko`plab sohalar orqali Isroildagi reklama-targ`ibot ishlari qisqa muddatda o`z natijasini ko`rsatdi:

2017 yilda 3800 nafar Isroil fuqarosi O`zbekistonga tashrif buyurgan bo`lsa, 2018 yilda bu ko`rsatgich 57,3 foizga oshdi va 9 779 kishini tashkil etdi, 2019 yilda esa 2018 yilga nisbatan 41 foizga oshdi va 13 170 kishini tashkil qildi.

“Ynet” - Isroil yangiliklari va boshqa ijtimoiy mavzularni yorituvchi veb-sayt. U 2000-yilda ish boshlagan, 2008-yildan beri Ynet Google Trends statistikasiga ko`ra, Isroildagi eng mashhur Internet-portal hisoblanadi.

“Alexa” internet-trafik reytingi hisobotiga ko`ra, Ynet dunyodagi eng yaxshi 1500 veb-sayt ro`yxatiga kiradi.

“Ilgari Buyuk Ipak yo`lining yuragi bo`lgan va bugungi kunda mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri bo`lgan, Markaziy Osiyo sahrolari o`rtasida joylashgan o`lkaga tashrif buyurish vaqti keldi. Qulay sayyohlik infratuzilmasi sayyohlarga qadimiy tarix, liberal Islom,  qadimiy yahudiy obidalari,  betakror me`morchilik va Sharq va G`arb ta`siri ostida yaratilgan boy madaniyati bilan qarshi oladi.  Kuz va bahor mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay payt.

U erga qanday borish mumkin? – Tel-Avivdan Toshkentga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnov mavjud”.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1