AsosiyJamiyat

UzAuto Motors 64 ta avtosalonda avtomobillarni xaridorlarga berishni boshladi

'UzAuto Motors 64 ta avtosalonda avtomobillarni xaridorlarga berishni boshladi'ning rasmi

UzAuto Motors AJ avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qilinishi munosabati bilan  yangi avtomobillarni xaridorlarga berishni vaqtinchalik to`xtatgandi. 

Kuni kecha kompaniya 64 ta dilerlik korxonalarida inventarizasiya yakuniga etgan hamda avtosalonlar avtomobillarni egalariga berishni boshlagani haqida ma`lum qildi. Avtosalonlar ro`yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Kompaniya boshqa dilerlik markazlarida inventarizasiya tugashi haqida onlayn xabardor qilib borishini ma`lum qilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar