1

Poezd g`ildiraklari orasida yashirilgan “marixuana” fosh etildi

Jamiyat 27.12.2019, 10:39
Poezd g`ildiraklari orasida yashirilgan “marixuana” fosh etildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX chegara qo`shinlari vakillari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday qonunbuzarlik holatiga chek qo`yishdi.

Tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati Toshkent tumani "Oqko`prik" temir yo`l chegara stansiyasiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poezdi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, vagonlardan birining g`ildirak juftliklari orasida og`irligi 371,55 grammni tashkil etuvchi 2 dona o`ramda “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1