1

"Vatanparvarlik oyligi" davom etadi

Jamiyat 27.12.2019, 11:14
"Vatanparvarlik oyligi" davom etadi

"Yurtimiz bo`ylab davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan turli targ`ibot tadbirlari O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi etakchiligida barcha vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi 3-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida “Vatan taraqqiyotiga xissa qo`shaman” shiori ostida madaniy-ma`rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. 

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Kogon shahridagi vatanparvarlik sinfi o`quvchilari o`rtasida “Men ham gvardiyachi bo`laman” nomli sport musobaqasi va madaniy ma`rifiy tadbir o`tkazildi. 

Farg`ona viloyati bo`yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan Milliy gvardiya Farg`ona viloyati bo`linmasiga biriktirilgan maktablardagi harbiy vatanparvarlik yo`nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o`quvchilarining Farg`ona shahri Temurbeklar maktabiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif chog`ida yoshlar Temurbeklar maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o`quv markazi harbiy xizmatchilari tomonidan Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanidagi 112 va 223-maktab o`quvchilari bilan “Men ham Vatan ximoyachisi bo`laman” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir va “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqalari o`tkazildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati bo`yicha Milliy gvardiya boshqarmasitomonidan Sh.Rashidov tumanidagi 27-maktabda400ga yaqin o`quvchilar jalb qilingan holda“Armiya yoshlar nigohida” shiori ostidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazilib, unda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Jizzax shahridagi 22-maktab o`quvchilari o`rtasida“Qo`l jangi” sport turi bo`yicha musobaqa tashkillashtirildi. Tadbir yakunida hech bir ishtirokchi e`tiborsiz qolmadi va boshqarma boshlig`i nomidan diplom hamda esdalik sovg`alari topshirildi.

Sirdaryo viloyati bo`yicha Milliy gvardiya va Xalq ta`limi boshqarmalari, viloyat yoshlar ittifoqi kengashi, Mudofaaga ko`maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, Viloyat bolalar o`smirlar sport boshqarmasi, 2-sonli musiqa maktabi, San`at kolleji orkestr jamoasi bilan hamkorlikdaGuliston shahar bolalar o`smirlar sport o`yingohida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida 2000 dan oshiq Xalq ta`limiga qarashli maktab o`quvchi yoshlari bilan konsert dasturi, ko`rgazmali chiqishlar va qurol-aslaha ko`rgazmasi hamda harbiy texnika paradi o`tkazildi.

Farg`ona viloyati bo`yicha Milliy gvardiya boshqarmasiQo`qon shaxri 
8-maktabning 10-11-sinf o`quvchilari bilan “Qurolli Kuchlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o`rni va roli” mavzusida targ`ibot mashg`ulotlari tashkillashtirildi.

Andijon viloyati bo`yicha Milliy gvardiya boshqarmasitomonidan Andijon tumani 31-maktabning 5-6-7-sinf o`quvchilari bilan “Men ham harbiy bo`laman” mavzusida 300 dan ortiq o`quvchi yoshlar jalb qilingan holda Vatan himoyachilariga bag`ishlangan badiiy kecha hamda sport musobaqalari o`tkazildi.

Ushbu tadbirlarning davomi sifatida Navoiy viloyati bo`yicha Milliy gvardiya boshqarmasitomonidan Navoiy shahridagi “Qatag`on qurbonlari muzeyida” uch avlod uchrashuvi vaNavoiy shahar 1-maktab o`quvchilari bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazildi.

Albatta, “Vatanparvalik oyligi” munosabati bilan yurtimiz bo`ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan o`tkazilayotgan bu kabi tadbirlar armiya va xalq yakdilligini mustahkamlashda hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, shijoat va mardlik tuyg`ularini uyg`otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Vatanparvarlik oyligiga bag`ishlangan shu kabi ishlar respublikamizning turli hududlarida qizg`in davom etmoqda."

Milliy gvardiya Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1