1

2 200 ga yaqin ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta`minlandi

Jamiyat 27.12.2019, 11:31
2 200 ga yaqin ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta`minlandi

2019 yil 15 oktyabrdan 1 dekabriga qadar 2 200 ga yaqin ishsiz xotin-qizlar bandligi ta`minlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qator hamkor tashkilotlar birgalikda ishsiz fuqarolarni hududlardagi bo`sh ish o`rniga ega tikuv-trikotaj korxonalariga jalb qildi. Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko`maklashish markazlari tomonidan 148 ta mana shunday tadbirlar tashkil etildi. Unga “O`zto`qimachiliksanoat”, “O`zpaxtasanoat” uyushmalari tizimida mavjud bo`lgan 7 552 bo`sh ish o`rinlariga jami 4 379 nafar ayollar jalb qilindi. Natijada 2 200 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta`minlandi.


Umumiy ko`rsatkichlar tahlili natijasiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasida tikuv-trikotaj korxonalaridagi 150 bo`sh ish o`rinlariga 84 nafar, Andijon viloyatida 346 bo`sh ish o`rinlariga 77 nafar, Buxoro viloyatida 243 bo`sh ish o`rinlariga 166 nafar, Jizzax viloyatida 377 bo`sh ish o`rinlariga 107 nafar, Qashqadaryo viloyatida 401 bo`sh ish o`rinlariga 283 nafar, Navoiy viloyatida 80 bo`sh ish o`rinlariga 50 nafar, Namangan viloyatida 756 bo`sh ish o`rinlariga 84 nafar, Samarqand viloyatida 361 bo`sh ish o`rinlariga 35 nafar, Sirdaryo viloyatida 334 bo`sh ish o`rinlariga 98 nafar, Surxondaryo viloyatida 1178 bo`sh ish o`rinlariga 337 nafar, Toshkent viloyatida 1874 bo`sh ish o`rinlariga 411 nafar, Farg`ona viloyatida 686 bo`sh ish o`rinlariga 362 nafar, Xorazm viloyatida 30 bo`sh ish o`rinlariga 8 nafar, Toshkent shahrida 736 bo`sh ish o`rinlariga 50 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1