1

Interpol MMB 700 dan ortiq qidiruvdagi shaxslarni etap qildi

Jamiyat 27.12.2019, 11:57
Interpol MMB  700 dan ortiq qidiruvdagi shaxslarni etap qildi

26 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining anjumanlar zalida “Ichki ishlar organlarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish faoliyati va Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Sh.Giyasov, vazirlik Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Interpol milliy markaziy byurosi rahbarlari va boshqa mas`ul xodimlari

Matbuot anjumanida Interpol faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlar keltirdi. 

Jinoyatchilarni qidirish Interpolning asosiy faoliyatlaridan biri bo`lib, joriy yilning o`tgan davrida shu yo`nalish bo`yicha jami hujjat aylanishi 
1337 (2018 yil 1305)tani tashkil etdi. Shuningdek, so`nggi ikki yil mobaynida jinoyatga jazo muqarrarligini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boshqarmalari bilan olib borilgan hamkorlikdagi ishlar natijasida Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Malayziya, Hindiston, Ukraina va boshqa davlatlardan mamlakatimizga 700 dan ortiq qidiruvdagi shaxslar etap qilindi. Ayni paytda esa xorijiy davlatlardan 50 ga yaqin qidiruvdagi shaxslarni O`zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilish bo`yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1