1

Rossiyadagi yong`inda O`zbekiston fuqarosi vafot etdi

Jamiyat 27.12.2019, 12:38
Rossiyadagi yong`inda O`zbekiston fuqarosi  vafot etdi

Vladivostok shahrida (Rossiya) O`zbekistonning Bosh konsulxonasi 2019-yil 22-dekabr kuni Petropavlovsk-Kamchatka shahrida sodir bo`lgan yong`in oqibatida O`zbekiston fuqarosi S.R. vafot etganini ma`lum qiladi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi va O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi hamda eslatib o`tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o`lkasi, Magadan viloyati, Primore o`lkasi, Saxa Respublikasi – Yoqutiston, Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o`lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1