1

2020 yil 1 apreldan I nav bug`doy uni va osh tuzi import qilinadi

Jamiyat 27.12.2019, 13:01
2020 yil 1 apreldan  I nav bug`doy uni va osh tuzi import qilinadi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 25 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi salomatligini muhofaza qilish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko`ra, sog`liqni saqlash sohasida qator yangiliklar tatbiq etilmoqda. Jumladan, 2020 yil 1 apreldan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududiga I nav bug`doy uni va osh tuzi faqat mikronutrientlar bilan boyitilgan holda import qilinadigan bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, yuqoridagi qarorga muvofiq, surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqichlarida bo`lgan holatlarda qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bo`lagini transplantasiya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish va aholi salomatligini muhofaza qilishni kengaytirish maqsadida donor bo`luvchi qarindoshlar ro`yxati kengaytirilib, transplantasiya amaliyoti bilan shug`ullanadigan tibbiyot muassasalari ham ko`paydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1