1

Qurbonlar soni ko`paymoqda. Samolyotda o`zbeklar bo`lganmi?

Jamiyat 27.12.2019, 13:10
Qurbonlar soni ko`paymoqda. Samolyotda o`zbeklar bo`lganmi?

Xabaringiz bor, bugun, 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:22 da Olmaota – Nur-Sulton yo`nalishida parvoz qilayotgan, bortida 100 kishi bo`lgan yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi. Avvalroq, 9 kishi halok bo`lganini ma`lum qilgandik. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 14 kishi halok bo`lgan.

Olmaota shahri aeroportida sodir bo`lgan aviahalokat munosabati bilan O`zbekiston Bosh konsulxonasi dastlabki ma`lumotlarga tayanib, samolyotning qulashi oqibatida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma`lum qildi. 

Qozog`iston bosh vazirining topshirig`iga ko`ra, bosh vazir o`rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. Mazkur baxtsiz hodisa yuzasidan mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev​ halokat oqibatida jabr ko`rganlar va ularning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi. 

Shuningdek, hodisa sabablari o`rganilib, aybdorlar jazolanishiga va`da berdi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1