Avval xabar berganimizdek, 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:22 da Olmaota – Nur-Sulton yo`nalishida parvoz qilayotgan, bortida 100 kishi bo`lgan yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 15 kishi halok bo`lgan.
Shu munosabat bilan, ertaga, 28 dekabr — Qozog`istonda motam kuni deb e`lon qilindi. Bu haqda tengrinews.kz sayti ma`lum qildi.
«Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev Olmaota yaqinida yo`lovchi samolyoti qulashi oqibatida odamlar halok bo`lgani sababli 2019 yilning 28 dekabrini milliy motam kuni deb e`lon qildi», — deya, prezidenti matbuot kotibi Berik Ualining so`zlarini keltirmoqda mahalliy sayt.
Eslatib o`tamiz, jabrlanganlar va halok bo`lganlar ichida o`zbeklar yuq.






