Tojikiston tomonining iltimosiga ko`ra rasmiy Toshkent O`zbekiston-Tojikiston chegarasida yana bir chegara punkti ochish masalasini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov «RIA Novosti»ga bergan intervyusida xabar qildi.
«O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida uch yil oldin hamma narsa yopiq edi. Kelishuv tufayli biz 16ta o`tkazish punktini ochdik - ularning 2-3 tasi ilgari ham ishlagan, lekin transport vositalari va odamlarning o`tishi nisbatan cheklangan bo`lgan. Hozirda o`n oltita punktning barchasi kecha-yu kunduz ishlayapti. O`n ettinchisi yaqinda ochildi. Tojikiston tomonining iltimosiga ko`ra hozir o`n sakkizinchi chegara punktini ochish masalasi ustida ishlamoqdamiz», - dedi Ilhom Ne`matov.
Diplomatning aniqlik kiritishicha, yangi chegara o`tish joyi Jizzax viloyatining Balandchaqir aholi punktida joylashgan.