27 dekabr kuni «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasida Qur`oni karim – Mushafi sharifning yangi nashrini chop etish ishlari boshlandi.
Ushbu nashr Ismoil Muhammad Sodiq rahbarligidagi «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi va Mozin Abdulqodir Arnaut rahbarligidagi «Salsabil» nashriyoti o`rtasidagi hamkorlik doirasida, ushbu nashriyotning rasmiy ruxsati va asliy nusxasi asosida O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlandi. Yangi nashr muqaddimasida jumladan shunday deyiladi:
Bu — Madina mushafining nusxasi asosida, rasmi Usmoniyda, Hafsning Osimdan qilgan rivoyatiga ko`ra, xattot shayx Usmon Tohoning xatida tayyorlandi.
Qur`oni Karimning ushbu nusxasini ko`rikdan o`tkazish, zavobitlarini qo`yish va tadqiq etish ishlari Suriya Arab Respublikasi «Mushaf bitish ilmiy hay`ati»ning sobiq rahbari, shayx, hofiz Yahyo Muhammad Nosih boshchiligidagi mutaxassislar tarafidan amalga oshirildi.






