TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti Latviya va Litva davlatlariga ishga yuborilgan hamyurtlarimiz qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Ma`lum qilinishicha, Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston fuqarolarining videomurojaati OAVda tarqalgani munosabati bilan mamlakatimizning Latviyadagi Elchixonasi mazkur vaziyat nazoratda ekanligini ma`lum qiladi.
Ayni paytda O`zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan birgalikda muammoning echimi ustida ish olib borilmoqda, deyiladi rasmiy bayonotda.
Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlandiya va Norvegiya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Riga shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.






