2019 yil 26 dekabr kuni soat 10:30 larda, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo`lining 25-km.da, noma`lum haydovchi noma`lum transport vositasi bilan yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan piyoda, Urgut tumanida yashagan, 1959 yilda tug`ilgan J.T.ni urib yuborgan. Shundun so`ng, haydovchi yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada, piyoda J.T. voqea joyida halok bo`lgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan S.E. o`z boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomobilida sodir etgani aniqlandi. Haydovchi shu kunning o`zida ushlandi, deya ma`lum qildi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati






