1

UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha rekord qayd etdi

Jamiyat 28.12.2019, 18:27
UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha rekord qayd etdi

2019 yilning 26 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo`yicha rekord natija qayd etdi.

2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qo`yilgan bo`lishiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2018 yilda ushbu ko`rsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi. 

Ushbu natijaga kompaniyada amalga oshirilgan texnologik uskunalar hamda ishlab chiqarish jarayonining modernizasiya qilinishi natijasida erishildi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1