1

Quvib o`tish uchun qarama-qarshi yo`nalishga chiqqan haydovchi 4 kishining hayotiga zomin bo`ldi

Jamiyat 28.12.2019, 18:36
Quvib o`tish uchun qarama-qarshi yo`nalishga chiqqan haydovchi 4 kishining hayotiga zomin bo`ldi

2019 yil 28 dekabr kuni soat taxminan 14:30da 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi «Nexia-2» rusumli avtomashinasida Chiroqchi tumani Ko`ktosh mahallasidan o`tuvchi “4R-84 Yakkabog`-Chiroqchi” yo`li bo`ylab harakatlanib kelib o`zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o`tish uchun qarama-qarshi yo`nalishga chiqqan vaqtida yo`lning 35 km.da, 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib ketishi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada «Nexia-2» rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo`lovchilar hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etishgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1