1

Toshkentdagi bosh archa atrofiga aylangani kelgan samarqandlik oilaning 4 yoshli qizchasi yo`qolib qoldi. U qanday topildi?

Jamiyat 28.12.2019, 21:43
Toshkentdagi bosh archa atrofiga aylangani kelgan samarqandlik oilaning 4 yoshli qizchasi yo`qolib qoldi. U qanday topildi?

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1 batalon safdor xodimlari Madina Tursunxo`jaeva hamda Bekmurod Rahmatalievlar poytaxtimizdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasi atrofida hushyorlik bilan xizmat olib borishardi. Bu joyga bayramni nishonlash uchun ko`plab fuqarolar tashrif buyurgan, mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan mehmonlar ham bor.

Shu payt xodimlarga bir ayol bilan erkak murojaat qilishdi. O`zini Farruh deb tanishtirgan yigit oilasi bilan bayramni nishonlash uchun Samarqand viloyatidan kelgan ekan. Ko`pchilik ichida ularning 4 yoshli qizi Madina yo`qolib qolibdi. Har qancha izlab topisha olmagach ichki ishlar organlari xodimlaridan yordam so`rashga qaror qilishibdi.

Osoyishtalik posbonlari bolaning kiyimlari, ko`rinishini so`rab olgach, bolani izlashga kirishib ketdilar.

— Odamlar ko`p bo`lsa-da, qizaloqni topish unchalik qiyin bo`lmadi, — deydi safdor M. Tursunxo`jaeva. — Archa atrofida o`ynab yurgan bolalarning ko`pchiligi bir biriga o`hshash kiyim kiygan edi. Ammo atrofga zir yugurgancha yig`lab yurgan kichkintoy darrov e`tiborimizni tortdi.

Xodimlar qizaloq bilan suhbatlashib, aynan ular izlagan bola shu ekanini bilishdi. Kichkintoy yarim soatda topilib ota-onasining bag`riga topshirildi. Qizaloqini bag`riga bosayotgan, quvonchdan ko`zlari namlangan onani ko`rgan kishi, ular ko`rishmaganiga ko`p yillar bo`lgan shekilli deb o`ylashi mumkin.

 — Ichki ishlar organlari xodimlarining boriga shukur, — deydi qizaloqning onasi Zuxra Abdusaidova — Qo`rquvga aylangan bayram kayfiyatimiz yana asliga qaytdi. Qizalog`imni topib kelgunlaricha o`tgan yarim soat yildek o`tdi go`yo. Xalqimizning baxtiga osoyishtaligimiz, xotirjamligimiz, quvonchimiz posbonlari omon bo`lishsin.

Shu o`rinda ota-onalardan iltimos qilib qolardikki, bayram ko`ngildagidek o`tishi, shu kabi xolatlarga tushmaslik uchun farzandliringizga hushyor bo`ling, kichkintoylarning qo`llaridan ushlab oling. Barchaga bayram muborak, deyilmoqda IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rasmiy xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1