“Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to`ldirish bo`yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan tug`ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik, o`lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi.
Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2–5-raqamlar FHDYo organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8–12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.
12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ma`lumot almashinuvini osonlashtiradi.






