AsosiyJamiyat

Avtomobilda yo`lovchi va yuk tashish lisenziyasi endi elektron shaklda rasmiylashtiriladi

'Avtomobilda yo`lovchi va yuk tashish lisenziyasi endi elektron shaklda rasmiylashtiriladi'ning rasmi

2020 yilning 3 yanvaridan boshlab avtomobil transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini amalga oshrish uchun lisenziya va lisenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi to`liq ishga tushiriladi.

Endi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar lisenziya va lisenziya kartochkalarini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari lozim.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan ma`muriy reglamenti soddalashtirildi. Ushbu ma`muriy reglamentga muvofiq endi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ko`rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat joylardagi Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar. Arizachilar va lisenziyalovchi organ o`rtasidagi barcha ma`lumotlar almashinuvi to`liq elektron ko`rinishda amalga oshiriladi.

Ushbu jarayon orqali lisenziya talabgorlarining tumanlardan viloyat markazlaridagi transport boshqarmalariga va Toshkent shahriga kelib lisenziya va lisenziya varaqalari olish uchun murojaat etishdagi ortiqcha ovoragarchilik hamda moliyaviy harajatlarning keskin qisqartirilishiga erishiladi.

Bundan tashqari lisenziya va lisenziya varaqalari endi QR-kod bilan himoyalangan elektron ko`rinishga o`tkazildi. Ya`ni lisenziya va lisenziya varaqalarini maxsus blankada berish amaliyotidan to`liq voz kechildi.

Ushbu tizimning yo`lga qo`yilishi bilan arizachilarga shaffof, tezkor va sifatli xizmat ko`rsatish imkoniyati yaratildi.

    Boshqa yangiliklar