Prezidentning “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilinishi munosabati bilan bir qator Hukumat qarorlariga qo`shimchalar kiritildi.
✅ Jumladan, kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, 18 yoshga to`lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxsni, quyidagi hollarda O`zbekistondan chiqarib yuborishga yo`l qo`yilmaydi:
👉 O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzgan hollarda;
👉 O`zbekiston hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib bo`lingan yoki o`tab bo`linganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.
Buning uchun ushbu shaxsning ota-onasidan biri yoki uni vasiylikka yoxud homiylikka olgan shaxs O`zbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega bo`lishi kerak.
Shuningdek, kiritilgan qo`shimchalarga asosan, OTMlarga qabulning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo`lgan chin etimlar uchun qo`shimcha 1 foizgacha davlat granti bo`yicha qabul kvotasi ajratiladi.
Bundan tashqari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organiga bevosita qilgan murojaatini to`liq ko`rib chiqish kafolatlanadi va bola to`liq muomala layoqatiga ega emasligi sababi bilan murojaatning ko`rib chiqilmasligiga yo`l qo`yilmaydi.